

"The Times" xabariga ko'ra, VG9 Productions Ltd kompaniyasi 16 iyul kuni ro'yxatdan o'tgan va uning asosiy faoliyati futbolchining imijiga bo'lgan huquqlardan tijorat maqsadlarida foydalanish bilan bog'liq bo'lishi taxmin qilinmoqda.
"Arsenal"ga o'tishning o'zi 26 iyul kuni, shvetsiyalik hujumchi londonliklar bilan 2030 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzolagan paytda amalga oshdi.
"Sporting" tarkibida u 102 o'yinda 97 ta gol urdi, 28 ta golli uzatmani amalga oshirdi va eng yorqin hujumchilardan biriga aylandi. 27 yoshli forvard Portugaliyadagi faoliyati davomida ikki marta mamlakat chempioni bo'ldi va Portugaliya Kubogini qo'lga kiritdi.



