Vidich: "Gvardiola Messini yanada kuchliroq qilgandi"

Mirjalol Normatov
13 mar 2020
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Nemanya Vidich "Barselona"da Leo Messi bosh murabbiy Pep Gvardiolaning o'yin uslubini qanchalik darajada o'zgartirgani haqida gapirdi.

"Gvardiola Messini anchagina o'zgartirdi. Bungacha u o'ng qanotda o'ynar va markazga yorib kirardi. Messi juda xavfli edi, biroq uning harakatlarini oldindan o'qisa bo'lardi. Gvardiola esa Messini markazga qo'ydi va jamoa unga o'ynashni boshladi. Shu orqali yanada kuchaydi.

Messi bir vaqtning o'zida himoyachilarga vingerlar bilan ham hujum qila olardi. Unga qarshi 2 marta o'ynaganman va ularda mag'lub bo'lganmiz. O'shanda "Barselona" MYUdan yaxshi o'ynadi deb ayta olmayman. Hali ham o'sha mag'lubiyatni qabul qila olmayman", - dedi Vidich.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal