Veynaldum “Liverpul” taklif qilgan yangi shartnomani rad etdi. U “Barsa”ga o'tmoqchi

Eldor Akmurzayev
6 yanv 2021, 21:45
Mersisaydliklar a'zosi Jorjino Veynaldum yozda klubini o'zgaritirishi mumkin.

Niderlandiyalikning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi kelayotgan yoz o'z nihoyasiga etadi. Xavbek rahbariyat tomonidan taklif qilingan yangi bitimga rad javobini berdi.

Qayd etilishicha, “Barselona” ustozi Ronald Kuman uni o'z jamoasiga chorlamoqda. Ular birga Niderlandiya termasida ishlashgandi.

Veynaldum joriy mavsum “qizillar” libosida 24 o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Todofichajes