Veynaldum "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
25 may 2021
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jorjino Viynaldum "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi.

Gollandiyalik futbolchi 5 mavsum davomida Mersisayd klubi sharafini himoya qildi. Ammo klub u bilan shartnomasini uzaytirishni istamadi. "Sky Sports" xabariga ko'ra, futbolchi yaqin vaqtlar ichida "Barselona" bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi va bu ushbu hafta ichida e'lon qilinishi kutilmoqda.

Ayni damda Viynaldum Niderlandiya termasi bilan Evro-2020 turniriga tayyorlanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports