“Vest Xem” “Spartak” yarim himoyachisini 14 mln funtga sotib olishga yaqin

Eldor Akmurzayev
2 iyun 2021, 20:40
“Spartak” a'zosi Aleks Kral faoliyatini APLda davom ettirish mumkin.

“Vest Xem” futbolchini 14 mln funt evaziga sotib olmoqchi. London klubi kelishuvni Evro-2020'ga qadar amalga oshirmoqchi.

23 yoshli xavbek ayni vaqt Chexiya TJ bilan birga qita birinchiligiga tayyorgarlik ko'rmoqda. U 2020 yil qishida “Slaviya”dan “Spartak”ga o'tgandi. 

Yarim himoyachi o'tgan mavsum RPL va Rossiya Kubogida 30 o'yinda qatnashib, 6 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Star