"Vest Xem" - "Manchester Siti" uchrashuvida "O'rgimchak odam" maydonga tushdi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2017, 17:43
Kecha, 6 yanvar kuni "Vest Xem" Angliya Kubogi doirasida "Manchester Siti"ni qabul qildi.

Bahs 0:5 hisobida mehmonlar - "shaharliklar"ning g'alabasi bilan yakunlandi.

O'yin vaqtida "O'rgimchak odam" va yana bir muxlis maydonga tushdi. Ular jarima maydonchasi ichida qoida buzilishini ko'rsatib berishdi.












Birozdan so'ng styuartlar ularni ushlab olishdi. Hozircha bu ikki ishqibozga beriladigan jazo haqida ma'lumotlar yo'q.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia