"Vest Xem" Kerrollni o'rniga Bonini sotib olishi mumkin edi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2014, 22:33
"Vest Xem" ustozi Sem Ellardays 2013 yil yozida Vilfrid Bonini sotib olish o'rniga Endi Kerrollni o'z jamoasiga olganini tan oldi.
Kerrollning "Apton Park"dagi faoliyati jarohatlar tufayli u qadar yaxshi kechmayapti. Ellardays "Vitess"dan Bonini olish o'rniga Kerrolni sotib olgandi. "Suonsi" esa Vilfridni ilib ketgandi.

"Biz Endi Kerrollni sotib olgandik, vaziyat shunday edi: yoki u, yoki boshqasi".

"Ikkalasidan birini tanlash kerak edi, men Endini tanlagandim. Ularning ikkalasini sotib ololmasdik, byudjetimiz etarli emasdi", - deydi Ellardays Evening Standard nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru