"Vest Xem" Ispaniya terma jamoasi xavbeki bilan shartnoma imzoladi

Alisher
14 iyun 2019, 17:10
"Vilyarreal" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pablo Fornals "Vest Xem"ga o'tdi.

23 yoshli futbolchi 5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Fornals "Vilyarreal" libosida Ispaniya chempionatida 35ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assistga erishdi. Yevropa Ligasida esa 12ta o'yin o'tkazib, 3ta gol va 3ta samarali to'p uzatmani amalga oshirgan.

Ispaniya yoshlar terma jamoasida 14ta o'yin o'tkazgan.

Oldinroq, "Vest Xem" 33 yoshli Devid Martin bilan 2 yillik shartnoma imzolagan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SkySportsNews