"Vest Xem" 47 yil ichida ilk bor evrokubok finaliga chiqdi

Narzulla Saydullayev
19 may 2023, 07:25
"Vest Xem" 1975/76 yildan buyon evrokubok finaliga chiqishga erishdi.

Devid Moyes shogirdlari ikki o'yin natijasiga ko'ra AZdan ustun kelishdi (2:1, 1:0) va Konferenciyalar ligasi finaliga yo'l olishdi.

Bu London klubi uchun oxirgi 47 yil ichidagi ilk evrokubok finali - 1975/76 yilgi mavsumda "Vest Xem" Kubok egalari kubogi finalida o'ynagandi. 1965 yilda "Vest Xem" ushbu musobaqada g'olib bo'lgandi va o'sha klub uchun evrokuboklardagi yagona g'alaba bo'lib turibdi

1999 yilda "Vest Xem" Intertoto kubogi sohiblaridan biri bo'lgandi, ammo bu musobaqada sovrin topshirilmasdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/Squawka