Vertongen 2 oy maydonga tusha olmaydi

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2016, 09:00
Tottenxem himoyachisi Yan Vertongen APL 23-turidan o'rin olgan Kristal Pelasga qarshi o'yinda (3:1) jiddiy jarohat oldi.

Futbolchi Barselonadagi shifoxonalardan birida tibbiy ko'rikdan o'tdi, uning mushaklarida muammo borligi aniqlandi.

Uning safga qaytishi uchun 6-8 hafta kerak bo'ladi. Shunday qilib, himoyachining 5 mart kuni Arsenalga qayrshi o'tadigan o'yindagi ishtiroki so'roq ostida.

Eslatib o'tamiz, Vertongen Kristal Pelas vakili Konnor Uikxem bilan to'qnashib ketganida jarohat oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk