Verratti: "Yomon o'yin uchun meni tanqid qiling, ammo shaxsiy hayotimga aralashmang"

Aslanov Jasurbek
11 apr 2017, 15:49
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti jurnalistlarni shaxsiy hayotiga arlashmaslikka chaqirdi.

"Futbolda tushunmagan yagona narsam - jurnalistlar sizning shaxsiy hayotingizga aralashishi. Faoliyatimni yakunlasam, aynan shu narsani sog'inmayman.

O'yinim tufayli meni tanqid qilishingiz va men PSJning muammosi ekanligimni aytishingiz mumkin, buni qabul qilaman, chunki bu futbol. Ammo shaxsiy hayotimga aralashmang.

Men haqimdagi gap-so'zlarni bilaman va hech qachon javob bermaganman. Ammo bir kuni - etar deyishim kerak. Futbol haqida yozayotganlar futbol borasida yozishlari kerak" - deydi Verratti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beIN Sports