Verratti "Real"ga o'tmoqchi

Sherzod Nurmatov
18 may 2023
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti "Real"ga o'tishga qiziqmoqda.

Bu haqda "RMC Sport" xabar bermoqda. 30 yoshli italiyalik faoliyatida yangi chaqiruvga ega bo'lishni xohlaydi.

U 2012 yildan beri Parij klubida o'ynab kelmoqda. Uning amaldagi bitimi 2026 yilgacha mo'ljallangan.

Verratti joriy mavsum 35 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida 13 ta sariq va 1 ta qizil kartochka bor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport