Verratti Yevropa chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin

9 may 2021, 20:42
"Pari Sen-Jermen" yarim himoyachisi Marko Verratti jamoaviy mashg'ulotlar paytida tizzasidan jarohatlandi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, futbolchi ertaga chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. Hozircha Markoning Evro-2020'ni o'tkazib yuborish ehtimoli yuqori bo'lib turibdi.

Avvalroq Italiya terma jamoasining barcha a'zolari koronavirusga qarshi emlangani ma'lum qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: psg.fr