"Verona" bilan o'yin oldidan "Milan"da yo'qotishlar bor

2 fev 2020, 01:11
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli "Verona"ga qarshi uchrashuv oldidan jamoadagi yo'qotishlar haqida gapirdi.

"So'nggi 2-3 kundan beri Ibragimovich va Simon Ker grippdan aziyat chekmoqda. Ularning "Verona" bilan o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida turibdi. Rade Krunich mushaklari bilan bog'liq muammolarga duch kelgan. Shu tufayli bizda yo'qotishlar ko'proq deb ayta olaman", - dedi Pioli "Football Italia" nashriga.

Qo'shimcha qilish mumkinki, sariq kartochkalari ko'payib ketgan Ismael Bennaser ham mazkur bahsni o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, "Milan" - "Verona" uchrashuvi bugun, Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia