Veratti PSJdagi kelajagi borasida qaror qabul qildi

Aslanov Jasurbek
16 apr 2018, 18:49
PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattining takidlashicha, u Fransiya jamoasida qoldi.

Oldinroq, unga "Barselona" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

"PSJda qolishga qaror qilganimdan xursandman. Hozir qarorim to'g'ri ekanligiga yanada ishona boshladim. Klubda qolib, biz orzu qilayotgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritmoqchiman" - deydi Verratti.

Joriy mavsum 25 yoshli futbolchi PSJ safida Fransiya chempionatining 22ta o'yinida maydonga tushib, 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Canal+