Venger Uolkottni "Arsenal"dan ketmaslikka chaqirdi

Aslanov Jasurbek
31 may 2015, 17:12
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya Kubogi finalida "Aston Villa" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, hujumchi Teo Uolkottdan jamoada qolishni so'radi.
"Uolkott kelasi mavsum nega "Arsenal"da qola olmasligini tushunmayman. U jarohat tufayli uzoq vaqt maydonga tushmadi. Teo hozir ayni futbol o'ynaydigan yoshda. U tajribali futbolchiga aylandi va uning jismoniy holati ham juda yuqori. Uolkott jamoada qolishi kerak" - deydi Venger.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com