

"Muxlislarimiz havotir olmasa ham bo'ladi. Ozil va Sanches muzokaralarida o'sish bor, ammo bu uzoq vaqt davom etadigan jarayon. Ularning shartnomalari yana 2 yilga mo'ljallangan. Hozir transfer bozori muhimroq. Shartnomalar odatda transfer oynalaridan tashqarida uzaytiriladi. Ammo ular kelishuvni uzaytirishadi deb o'ylayman" - deydi Venger.



