Venger: "Keyrush Ronalduni ilib ketgandi"

Mirjalol Normatov
17 may 2018, 15:44
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger ayni damda "Real"da faoliyat olib borayotgan Krishtianu Ronaldu "kanonir"ga aylanishi mumkin bo'lganligini ma'lum qildi.

"Uning onasi bilan suhbatlashdik va biz kelishuvga erishishga yaqin turgandik. O'sha vaqtlarda "Manchester Yunayted"da Karlush Keyrush ishlardi va Ronalduni bizdan ilib ketgandi.

Tasavvur qilyapsizmi, bizda Anri va Ronaldu tandemi. "Yunayted"da Runi, Ruud van Nistleroy, Ronaldu uchligi hosil bo'ldi va jahondagi eng yaxshi jamoalardan biriga aylandi.

Agarda o'sha vaqtda biz Ronaldu bilan shartnoma imzolaganimizda, tarix boshqacharoq bo'lardi", - dedi Venger.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sportskeeda.com