Venger ketishni istamagan, uni "Arsenal" rahbariyati ishdan bo'shatishga qaror qilgan

Aslanov Jasurbek
21 apr 2018, 12:27
Mavsum oxirida "Arsenal"ni tark etishi haqida e'lon qilgan klub bosh murabbiyi Arsen Venger jamoadan ketishni istamagan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Venger "Arsenal"ning boshqaruv akciyalariga egalik qiluvchi Sten Kronke ishonchidan chiqqan. Klub rahbariyati bir yil keyin tugaydigan shartnomani muddatidan avval yakunlash uchun Vengerga 11 mln. funt to'lashga rozi bo'ldi.

Venger 1996 yildan beri "Arsenal"ni boshqarmoqda. Jamoa fransiyalik mutaxassis qo'l ostida uch marta Angliya Chempioniga aylandi, 7 martadan Angliya Kubogi va mamlakat liga Kubogini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun