Venger: "Fergyusondan barcha qo'rqardi"

Mirjalol Normatov
11 noya 2021
"Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Manchester Yunayted"dagi sobiq hamkasbi ser Aleks Fergyuson haqida gapirdi.

"Aleks Fergyuson Angliya futbolining asosiy insonlaridan biri bo'lgan. Matbuotdan tortib, hakamlarga qadar - barcha undan qo'rqqan. Bu esa menga futbolni qanday o'ynashni ko'rsatishim uchun imkoniyat edi. O'shanda raqobatga tayyor bo'lganman.

Bizning paytdagi futbolchilar argessiv bo'lgan, hattoki o'yindan keyin ham. G'alaba uchun kurashyapsizmi, sherga aylanishingiz kerak. Maqsadingiz - sizni engishga harakat qilayotgan sherni mag'lub etish. Futbolda hech kimdan qo'rqmaganman", - dedi fransiyalik.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal