
Oldinroq "Arsenal" sobiq futbolchisi Terri Anri "Chelsi"ga qarshi o'yindan (0:0) so'ng, Jiruni top darajadagi hujumchi emasligini aytgan edi.
"Fikrimcha, Anri nohaq. Ammo unga mana shu so'zlarni aytyotgani uchun pul to'lashadi. U televideniyada ishlaydi, biz esa u yerda qanday ishlashlarini bilamiz. Bu uning fikri, ammo Anri Jiru borasida adashyapti. Anelka, van Persi va Anrining o'zi haqida ham shunday deyishgan va ularning barchasi jahon yulduzlariga aylanishdi" - deydi Venger.