Vaut Vegxorst MYU doimiy a'zosiga aylanishni istamoqda

Sherzod Nurmatov
26 yanv 2023, 16:54
Futbolchi "Manchester Yunayted"ni yozda uni to'liq sotib olishga harakat qilishi uchun etarlicha gollar urishga ishonmoqda.

30 yoshli futbolchi yaqindagina "Byornli"dan ijara asosida "qizil iblislar" safiga kelib qo'shildi. 

U mavsumning holgan qismini Erik ten Hag jamoasida o'tkazadi. 

Vegxorst "Old Trafford"ga kelganidan buyon Antoni Marsyalning jarohatidan foydalanib Premer-liga doirasidagi "Kristal Pelas" va "Arsenal"ga qarshi o'yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushirildi.

"Manchester Yunayted"da niderlandiyalik futbolchini joriy mavsum so'ngida o'zida olib qolish uchun hech qanday majburiyat yoki imkoniyatlari u bilan tuzilgan shartnomada keltirilmagan. Biroq futbolchining o'zi hozirgi jamoasida doimiy ravishda qolishni istashini bildirdi. Vegxorst, shuningdek, quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Oxir-oqibat hammasi juda oddiy. Hujumchi sifatida sizni urgan gollaringiz bilan baholashadi. 

U (ten Hag) hujumga o'tishni kuchaytirish kerakligini aytdi. 

Daqiqalardan unumli foydalanishim kerak. Faoliyatim davomida bir narsani doim qilganman, gol urganman. Hozircha ikkita o'yin bo'ldi. Agar katta imkoniyatlarni qo'ldan boy bersam, tashvishlanishni boshlasam bo'ladi, lekin ishonchim komilki, men buni uddalay olaman va menda hammasi joyida bo'ladi.

Bu yerda bo'lish juda ajoyib".

"Manchester Yunayted" yozda biror bir hujumchi bilan uzoq muddatli bitim tuzish uchun transfer bozoriga kiradi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sportsmole.co.uk