Varanga yangi xaridor topildi

Aslanov Jasurbek
4 apr 2019, 14:35
"Real" himoyachisi Rafael Varan Yevropaning bir nechta top-klublari qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, 25 yoshli futbolchi uchun kurashga PSJ qo'shildi. Fransiya klubi shartnomasi 2020 yilda yakunlanadigan 34 yoshli Tyago Silva o'rniga "Real" himoyachisini xarid qilmoqchi. Varanga "Yuventus" va "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda.

Shunga qaramay Varanni qo'lga kiritish juda qiyin bo'ladi, chunki "qaymoqranglilar" futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas. Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan futbolchini qo'yib yuborishni istamayapti. Rafael Varanning shartnomasidagi tovon puli 500 mln. evro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS