Varan jiddiy jarohat tufayli butsalarini mixga ilmoqda

Sherzod Nurmatov
25 sen 2024
"Komo" futbolchisi Rafael Varan yaqin orada professional faoliyatini yakunlaganini e'lon qiladi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, futbolchi klub bilan shartnomani bekor qilmoqchi, keyin esa kelajagi haqida bayonot bermoqchi.

31 yoshli Rafael Varan "Komo"ga erkin agent sifatida o'tgandi. Futbolchining jamoa bilan shartnomasi 2 yilga mo'ljallangan.

Avvalroq Varan "Real", "Manchester Yunayted" va Fransiya terma jamoasida harakat qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano