Varan: "Fransiyaning asl maqsadi – Jahon chempionatida g'alaba qozonish"

Sherzod Nurmatov
13 dek 2022, 12:48
Fransiya terma jamoasi himoyachisi Rafael Varan JCH-2022 yarim finaliga chiqqani haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz allaqachon musobaqada yaxshi o'yin ko'rsatdik. To'g'risini aytsam, terma jamoamiz hamisha ma'lum bir meyor – o'z oldiga Jahon chempionatida g'alaba qozonish vazifasini qo'ygan. Bu boshidanoq bizning maqsadimiz bo'lib kelgan. Albatta, yarim finalga chiqish allaqachon qoniqarli, chunki bunga erishish oson emas. Raqiblarning saviyasi oshib bormoqda, barcha jamoalar bor kuchlari bilan kurashishmoqda. Ammo bizda bitta asl maqsad bor – Jahon chempionatida g'alaba qozonish", – dedi Varan.

Yarim final doirasidagi Fransiya – Marokash uchrashuvi 14 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS