Van Persi van Gal qaroriga ko'ra mavsum boshini o'tkazib yuboradi

Narzulla Saydullayev
3 avg 2014, 11:57
Manchester Yunayted ustozi Lui van Gal hujumchi Robin van Persi haqida gapirib o'tdi.
Van Persi har bir o'yinda maydonga tushishni istaydi, qolgan 30 nafar futbolchi ham shuni xohlaydi.

Futbolchilar mashg'ulot o'tkazishlari kerak, van Persi maydonga tushishdan oldin yaxshilab mashg'ulot o'tkazishi kerak.

Robin dushanba kuni shug'ullana boshlaydi, 12 avgust kuni Valensiyaga qarshi u o'ynamaydi.

Premer-liganing ilk turlarini ham o'tkazib yuborsa kerak. Balki meni tanqid qilishar, ammo 3 hafta dam olgan futbolchilar bilan qanday ishlashni juda yaxshi bilaman.

Robin tezda formasini tiklab olishiga ishonaman, hozircha u maydonga tushmaydi, – deydi van Gal.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru