Van Gal transferlar uchun 200 million funt oladi

Aziz Tukhtamuradov
20 may 2014, 21:41
"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Lui van Gal transferlar uchun 200 million funt oladi.
Gollandiyalik murabbiy 7 ta futbolchilik short-list tayyorlab qo'yishga ham ulgurgan.

Himoyaga Xolger Badshtuber ("Bavariya"), Mats Xummels ("Borussiya" D), Sebastyan Yung ("Ayntraxt" F) va Lyuk Shou ("Sautgempton").

Yarim himoya chizig'i esa Kevin Strotman ("Roma"), Sesk Fabregas ("Barselona") va Toni Kroos ("Bavariya")lar hisobiga kuchaytirilishi rejalashtirilmoqda.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru