Van Gal: "Shvaynshtayger Mourinyo tomonidan bunday munosabatga loyiq emas edi"

Aslanov Jasurbek
28 fev 2018, 18:26
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal jamoaning hozirgi ustozi Joze Mourinyoni tanqid qildi.

"Shvaynshtayger yosh bo'lmagan, ammo juda qari ham emas edi. Shunga qaramasdan uning tanasi Premer-liganing yuqori standartlariga javob bergan. "Bavariya" uni bizga jismonan kuchli futbolchi sifatida bergan, ammo aslida hammasi aksincha edi. Shvaynshtayger Mourinyo ko'rsatgan munosabatga loyiq bo'lmagan. Shunday bo'lganidan afsusdaman, chunki Bastian, Luis Enrike, Mark van Bommel yoki Filipp Lam kabi futbolchilar doimo maydonga tushishgan" - deydi van Gal.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild