Van Gal - jurnalistga: "Ertaga sizni haydashadi"

Aslanov Jasurbek
8 fev 2016, 14:25
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal o'zining iste'fosiga oid savol bergan jurnalistga qo'pol javob berdi.

"O'rnimga murabbiy qidirishayotganini qayerdan oldingiz? Siz klub ijroji direktori Ed Vudvord bilan muloqot qildingizmi? Agar rahbariyat mish-mishlarni rad etmayotgan bo'lsa, bunda havotirga tushmaslik kerak. Klub nega sizlarning bo'xtonlaringizni rad etishi lozim? Demak, siz na Vudvorga va na rahbarlarga murojaat qilgansiz, siz yolg'on tarqatasizlar, men esa bunga javob berishim kerak. Har hafta bir xil javob berishim lozim. Siz ertaga haydalasiz? Ismingiz kim? Men ham sizning iste'foingizni ochiq e'lon qilishim mumkin" - deydi van Gal.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FOX Sports