Van Gal bir kun ichida "Manchester Yunayted" bosh murabbiy bo'ladi

Narzulla Saydullayev
6 may 2014, 12:25
The Guardian nashrining xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" bir kun ichida Lui van Galni bosh murabbiy deb e'lon qiladi.
Rayan Giggz gollandiyalik murabbiyning shtabidan o'rin olishi aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, muvaffaqiyatsiz natijalar tufayli MYU bosh murabbiyi Devid Moyes o'z lavozimidan bo'shatilgandi. Ushbu mavsum oxiriga qadar jamoani Rayan Giggz boshqaradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net