Van der Vart: "Texnik jihatdan Ronaldudan kuchliroqman

Omonjon To`xtamirzayev
13 okt 2017, 13:56
"Real" jamoasi sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vart "qaymoqranglilar" futbolchisi Krishtianu Ronaldu borasida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, gollandiyalik Ronaldu bilan Madrid klubida bir mavsum birga o'ynagan.  

"Ronaldu - fenomen. U bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etganimda, uning jismoniy holati va qobiliyatlaridan hayratda qolganman. Birga mashg'ulot qilib ko'rsangiz, jismoniy tomondan u bilan raqobatlashish juda qiyin. Ammo shu o'rinda aytib o'tishim lozim, texnik jihatdan men Ronaldudan kuchliroqman", - Van der Vart so'zlaridan iqtibos keltiradi AS nashri.




Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: