Van der Vart: “Beylga “Real”dan ko'ra MYU va “Tottenhem mos keladi”

28 fev 2019, 21:56
Gollandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vart “Real” hujumchisi Garet Beylning muammolari haqida gapirdi.

“U juda yaxshi futbolchi. Albatta, Beyl bu Ronaldu yoki Messi emas. Ammo u oddiy futbolchi emas. Garet har doim yaxshi futbolchi bo'lgan. Shunchaki “Real”da bosim juda yuqori. O'ylashimcha, aynan shu narsa unga muammo tug'dirmoqda.

Muvaffaqiyatga erishish uchun u jamoasini almashtirishi kerakmi? Balkim. Ammo bilishmcha, u “Real”da ko'proq vaqt qolmoqchi. MYU, “Tottenhem” singari jamoalar unga ko'proq mos kelardi”, deya van der Vartning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Cadena Ser.

Joriy mavsumda Beyl La Ligada 20 ta uchrashuvda 7 ta gol urishga erishdi. Shuningdek YCHL va klublar o'rtasidagi JCHda u uch martadan raqiblari darvozabonini ranjitdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Cadena Ser