Van der Sar: "Gollandiya terma jamoasida kuchli futbolchilar kam"
Tolibjon Qosimov
24 may 2014, 12:42
Gollandiya terma jamoasi sobiq posboni Edvin Van der Sar JCH-2014da o'z mamlakati terma jamoasi uzoqqa bora olmasligini taxmin qilmoqda.
"Hozir jamoamiz u qadar kuchli emas. Tarkibimizda 10-11 nafar Jahon darajasidagi futbolchilar yo'q. Tarkibda 3 yoki 4ta futbolchi bor, ular ham yosh emas. Bunday vaziyatda yosh futbolchilardan katta natija talab qilish to'g'ri emas".