Van der Sar: "De Xea "Real"ga o'tmasa kerak, Navas juda kuchli"

Aslanov Jasurbek
30 apr 2016, 12:07
"Ayaks" va "Manchester Yunayted" sobiq darvozaboni Edvin van der Sar "Real" posboni Keylor Navas nomiga iliq so'zlar aytdi.

"De Xea "Real"ga o'tmasa kerak, u "Manchester Yunayted" sharafini himoya qiladi. "Real"da Navasdek ajoyib darvozabon bor. U juda kuchli va o'z jamoasi uchun muhim futbolchiga aylanishga ulgurdi. Keylor Ikerning o'rnini bosishi kerak edi va Navas bu vazifani juda yaxshi uddalamoqda" - deydi van der Sar.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS