"Real Valyadolid" klubi matbuot xizmati chililik vinger Fabian Orelyananing jamoa safiga qo'shilganini e'lon qildi.
Bunga qadar "Eybar", "Valensiya", "Selta" va "Granada" sharafini himoya qilgan futbolchi "Valyadolid" bilan 2022 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan.