Valverde, Marsh yoki Korberan "Lids"da Belsaning o'rnini egallashi mumkin

Alisher
11 fev 2022
"Lids" bosh murabbiyi Marselo Belsaning shartnomasi yozda yakuniga etadi.

Klub murabbiyning ishidan mamnun, ammo 66 yoshli argentinalik hali kelajagi borasida qaror qabul qilmadi. Belsa ketsa, "Lids"da uchta nomzod bo'ladi.

Gap "Barsa" sobiq murabbiyi Ernesto Valverde, "Zalcburg" va "Leyptsig" sobiq murabbiyi Jessi Marsh, shuningdek "Xaddersfild" va Belsaning sobiq yordamchisi Karlos Korberan haqida ketmoqda.

"Lids" APLda joriy mavsum 22 o'yindan so'ng 23 ochko jamg'argan holda, jadvalda 15-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph