Valverde jamoasining ayni paytdagi holati haqida gapirdi

24 fev 2018, 01:58
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya chempionatining “Jirona”ga qarshi bahsi oldidan jamoasining jismoniy holati haqida to'xtaldi.

Ko'k-anorranglilar so'nggi beshta uchrashuvning uchtasini durang bilan yakunlashdi. Ular oxirgi bellashuvni YCHL 1/8 finali doirasida “Chelsi”ga qarshi (1:1) o'tkazib, durang bilan cheklanishgandi.

“Biz o'sishdan to'xtadik, deb aytolmayman. Albatta, “Chelsi” bilan bahsda maydonda ustunlik qilish va g'alaba qozonishni istagandim. O'z maydonimizdagi so'nggi ikki bahsda ham bizga oson bo'lgani yo'q, ammo bu degani bizda pasayish kuzatilayapti degani emas”, deya Valverdening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca