

- O'tgan mavsum ham bu yerda imkoniyat boy berilgandi. Bundan kelib chiqadiki, "Ufa" noqulay raqib?
- Mag'lubiyatni har qanday narsa bilan izohlashingiz mumkin. Lekin, bugun biz xatolarimiz tufayli yutqazdik. Raqibga gollarni o'zimiz sovg'a qildik.
- Sizningcha, "Rostov" raqibga noto'g'ri baho berib maydonga tushdimi?
- Nimaga bunday deyapsiz? Bu futbol, biz oldinga harakat qilishimiz va xatolarimiz ustida ishlashimiz lozim.
- Suniy qoplamali maydon natijaga ta’sir ko'rsatdimi?
- Buni sabab qilish noto'g'ri, garchi birinchi golda bu narsa muhim rol o'ynagan bo'lsa ham. Ikkala jamoa ham bir xil holatda to'p tepishdi. Shuning uchun, bu mantiqqa to'g'ri kelmaydi.



