“Valensiya” Mustafining transferini rasman e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
7 avg 2014, 07:57
Italiyaning “Sampdoriya” klubi himoyachisi Shkodran Mustafi faoliyatini Ispaniyaning “Valensiya” jamoasida davom ettiradigan bo'ldi.
Germaniya terma jamoasi a'zosi “ko'rshapalaklar” bilan 2019 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, “Valensiya” klubi rahbariyati Mustafining transferi uchun 8 million evro to'lagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com