Vadim Abramov Suriyadagi ustunlik, To'xtaxo'jaev va translyatsiya haqida gapirdi

Narzulla Saydullayev
12 noya 2020, 11:20
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Sharjada Suriya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Ushbu bahsdan oldin terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramovga bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

- Dubaydagi yig'inga Islom To'xtaxo'jaev chaqirildi. Bunday kutilmagan chaqiruvga nima sabab bo'ldi? Kimdir jarohat oldimi?

- To'xtaxo'jaev kutilmaganda chaqirilmadi. Buni oldindan rejalashtirigan edik. Shunchaki hozirgi sharoitda Xitoydan Dubayga uchib kela oladimi yoki yo'qmi bilmasdik. Barchasi 7 noyabr kuni hal bo'lishini aytgandi. Hech kim jarohat olgani yo'q. Islom hujjatlarni to'g'riladi va Dubayga uchib keldi. Uning hozirgi holatini bilishni xohladik. O'z klubi safida so'nggi o'yinda gol urganini bilamiz. Xitoy birinchi ligasida o'ynashiga qaramay To'xtaxo'jaev biz uchun yetakchi futbolchi bo'lib qolaveradi.

- Suriya haqida qanday fikrdasiz? Ularga qarshi bir necha marta o'ynaganmiz...

- Suriya haqida nima deyishim mumkin? Ushbu davlatdagi vaziyat tufayli terma jamoa doim birga mashg'ulot o'tkazishmoqda va bu borada ustunlikka ega. O'ylashimcha munosib raqib. FIFA reytingida Suriya bizdan tepada, xuddi Iroq kabi. Shu bois qiziqarli o'yin bo'ladi. Suriyaga qarshi bahsda qanday holatda ekanligimizni ko'rib olamiz.

- Afsuski o'yin translyatsiya qilinmaydi...

- Bilishimcha o'yin translyatsiya qilinishi uchun ham bahsni bir soat kechga surishdi. Har holda menga aytishlaricha uchrashuv baribir translyatsiya qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia