Vadim Abramov O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi lavozimini tark etdi

Aziz Tukhtamuradov
19 iyun 2021
Vadim Abramov O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ketdi.

Bu haqida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov aytib o'tdi. 

"Shartnomada agar uchinchi bosqichga chiqish vazifasi bajarilmasa, shtab bilan shartnoma bekor qilinishi belgilangandi. Shuning uchun, Vadim Karlenovich boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan shartnoma bekor qilinadi. 

Kim MTJ murabbiyi bo'ladi degan savol bir kunlik vazifa emas. 

Bu hali muhokama qilinadi", - dedi O'FA rahbari.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia