Afg'oniston va Mo'g'uliston Osiyo chempionati saralashida qatnashadi, O'zbekiston esa yo'q

Narzulla Saydullayev
30 avg 2018, 15:06
2019 yil futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati musobaqasi bo'lib o'tadi.

Afsuski unda O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etmaydi. Yo'q futzalchilarimiz saralashda yutqazib qo'yishmadi, sababi saralash bahslari endi boshlanadi. Biroq O'zbekiston U-20 terma jamoasi saralash bosqichida umuman ishtirok etmaydi.

Bunga nima sababligi bizga mavhum. Oxirgi yilda yurtimizda futzalga bo'lgan e'tibor keskin tushib ketgani achinarli holat.

Saralash bosqichi to'rtta mintaqada o'tkaziladi va Markaziy Osiyodan faqat O'zbekiston unda ishtirok etmaydi.

ASEAN - Indoneziya, Malayziya, Myanma, Tailand, Vetnam

Markaziy Osiyo - Afg'oniston, Eron, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston.

Sharqiy Osiyo - Xitoy, Xitoy Taypei, Gonkong, Yaponiya, Makao, Mo'g'uliston

G'arbiy Osiyo - Iroq, Kuvayt, Livan, Saudiya Arabistoni, Suriya, BAA

Eslatib o'tamiz, Xose Mariya Mendez boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi 2017 yil Tailandda bo'lib o'tgan U-20 Osiyo chempionatida munosib ishtirok etgan yarim finalga qadar yetib borgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia