Usmon Asqaraliev boshchiligidagi "Xotira-79" yig'inni boshlash arafasida
Narzulla Saydullayev
26 yanv 2014, 08:00
Joriy yil birinchi ligada ishtirok etishi kutilayotgan Namangan viloyatining "Xotira-79" jamoasi ham ko'plab klublar kabi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshlash arafasida.
Jamoa boshlig'i Ilhomjon Otavalievning "SA"ga xabar berishicha "Xotira-79" 30 yanvardan mashg'ulotga kirishadi. Ma'lum bo'lishicha, bosh murabbiylik roli to'laligicha mahalliy mutaxassis Usmon Asqaraliev qo'liga o'tgan.