Usman Dembelening agenti "Barselona" vakillari bilan uchrashdi

Tolibjon Qosimov
21 iyun 2017, 21:17
"Borussiya" (Dordmund) hujumchisi Usman Dembelening agenti "Barselona" vakillari bilan uchrashdi.

Bu haqda "Bild" nashri xabar berdi. Uchrashuvda 20 yoshli francuzning Kataloniya klubiga o'tish ehtimoli muhokama qilingan. Transferning taxminiy narxi 90 million evro deb baholanmoqda. Ortda qolgan mavsum Bundesligada Dembele 32ta o'yin o'tkazib, 6ta gol urdi va 12ta golli pas berdi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Bild