

Ushbu seminarda xorazmlik O'FA va OFK sertifikatlariga ega bo'lgan murabbiylar ishtirok etishmoqda. Seminar davomida murabbiylarning nazariy va amaliy bilimlari sinovdan o'tkaziladi.
Hozirda ushbu seminarning amaliy mashg'ulotlariga navbat yetib kelgan. Amaliy mashg'ulotlar davomida murabbiylar maydonni mashg'ulotga tayyorlash, mashg'ulot davomida bolalarga ko'rsatmalar berib borish usullari, murabbiyning mashg'ulot davomida o'zini tutishi, futbolchilarning mashg'ulotdagi xatolarini ko'rsatish va o'sha xatoni to'g'irlash borasida amalga oshiradigan xatti-harakatlari bo'yicha ishlar olib boriladi.
Imtihonlar 25 iyun kuniga qadar bo'lib o'tadi.



