"Urava Red Daymonds" - "Brisben Roar". Uchrashuvni Valentin Kovalenko boshqarib boradi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2015, 12:09
FIFA hakami, o'zbekistonlik Valentin Kovalenko Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turidan o'rin olgan uchrashuvni boshqaradi.
"G" guruhidan o'rin olgan, 4 mart kuni bo'lib o'tadigan "Urava Red Daymonds" (Yaponiya) va "Brisben Roar" (Avstraliya) o'rtasidagi o'yinda Kovalenkoga qanotlarda o'zbekistonlik Ruslan Serazetdinov va Andrey Sapenko yordam berishadi.

"Urava Red Daymonds" (Yaponiya) - "Brisben Roar" (Avstraliya)
4 mart 2015 yil
Bosh hakam:
Valentin Kovalenko (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Ruslan Serazetdinov (O'zbekiston), Andrey Sapenko (O'zbekiston)
Zaxira hakami: Aziz Asimov (O'zbekiston)
Komissar: Muhammadrizo Kasraei (Eron)
Nazoratchi: Selarajen Subramaniam (Malayziya)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia