"Uotford" yangi bosh murabbiyni e'lon qildi

Mirjalol Normatov
16 avg 2020, 11:55
Jamoani endi 43 yoshli serbiyalik boshqaradi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, "Uotford" jamoasini Vladimir Ivich boshqaradi. Tomonlar 2021 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

Ivichning so'nggi jamoasi Tel-Avivning "Makkabi" jamoasi bo'lgandi, u ushbu klubni 7 iyul kuni tark etgandi. Bungacha esa u PAOKni boshqardi va bu uning faoliyatidagi ilk jamoa bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/WatfordFC