Universiada-2016. Futbol. Farg'ona viloyati jamoasi ham finalda

Narzulla Saydullayev
27 may 2016, 12:42
Bugun "Universida-2016" musobaqasining futbol bahslari start oldi.

Yarim finalda Toshkent shahri jamoasi Qorqalpog'iston terma jamoasi bilan kuch sinashdi. O'yinda poytaxtliklar 6:1 hisobida zafar quchib finalga yo'l olishdi.

Toshkent - Qoraqalpog'iston 6:1
Gollar
: Azamat Isroilov, Abbos Maxstaliev (2ta), Zohir Pirimov, Jamshid Hasanov, Alibobo Rahmatullaev - Azamat Ilyosov.

Ikkinchi yarim finalda Farg'ona va Samarqand terma jamoalari o'zaro kuch sinashishdi. Bu bahsda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.

Farg'ona - Samarqand 2:1
Gollar:
Pavel Smolyachenko, Kamolov - Rajabov


Ertaga musobaqada 3-o'rin uchun o'yinda Qoraqalpog'iston va Samarqand terma jamoalari to'qnash kelishadi. Uchrashuv soat 8:00da boshlanadi.

Finalda esa Toshkent va Farg'ona jamoalari o'ynashadi. Hal qiluvchi o'yin 10:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia