Universiada-2013. Ruslan Nurudinov delegaciyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni keltirdi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2013, 20:56
Rossiyaning Qozon shahrida davom etayotgan Butunjahon Universiada o'yinlarida og'ir atletika bo'yicha terma jamoamiz a'zosi, jahon chempionati sovrindori Ruslan Nurudinov (-105 kg) delegaciyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni keltirdi.
Dast ko'tarishda 190 kg.toshni o'ziga bo'ysintirib eng yuqori ko'rsatkichni qo'lga kiritish bilan birga Universiada o'yinlari rekordini ham yangilagan hamyurtimiz, siltab ko'tarishda ham eng yuqori 222 kg. natijani qayd etdi. Va ikkikurash yakunlariga ko'ra 412 kg. natija bilan Universiada o'yinlari g'olibligini qo'lga kiritdi. 

Shu tariqa 2 ta oltin, 7 ta kumush va 8 ta bronza jami 17 ta medalga egalik qilayotgan O'zbekiston delegaciyasi umumjamoa hisobida 14 – o'ringa ko'tarilib oldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olympic.uz