Unai PSJga o'tishni rejalashtirmayapti

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2023
"Anje" yarim himoyachisi Azzedin Unai yaqin orada PSJ futbolchisiga aylanmaydi, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Insayderning aytishicha, u haqida tarqalayotgan ma'lumotlar ishonchli emas.

Avvalroq futbolchining transferi haqidagi xabarni jurnalist Matteo Moretto tarqatgan edi. Futbolchi uchun asosiy davogar qishda transferni amalga oshirishni istayotgan, ammo marokashlik futbolchini mavsum oxirigacha "Anje"da saqlab qolishni itsayotgan "Napoli" bo'lib turibdi.

22 yoshli xavbek 15 million evroga baholanmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano